Investitsiya bo'limi ishonch raqami
Yangi Namangan KPP bo'limi
Yangi Namangan soliq bo'limi
2024 - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"
Yangi Namangan tumani — Namangan viloyati Namangan shahridagi tuman. 2021-yil 24-aprelda tashkil etilgan. Namangan shahri tarkibida. Maydoni 60 km2. Aholisi 157,6 ming kishi (2023-yil 1-yanvar). Tumanda 28 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor. Shahar tarkibidagi tuman boʻlganligi sababli alohida maʼmuriy markazi mavjud emas.
2021-yil 18-19 fevral. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan shahri hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida shahar tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish taklifini ilgari surdi
2021-yil 5-mart. Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining 2021-yil 5-mart kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi sessiyasida Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etilishi masalasi muhokama qilindi
2021-yil 19-aprel. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 19-aprel kunidagi navbatdagi majlisida parlament deputatlari Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdi va 873-IV-sonli qaror qabul qildi
2021-yil 24-aprel. Senatorlar SQ-283-IV sonli qaror bilan Yangi Namangan tumanini tashkil etishni maʼqulladi
2021-yil 8-may. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 8-may kuni „Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 293-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi. Hujjatda tumanda qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etilishi qayd etilgan
Vazirlar Mahkamasining 293-sonli qarorida yangi tuman hokimligi Namangan shahri, “Oromgoh” mahallasi, Afrosiyob ko‘chasi, 25b-uy manzilida joylashgan sobiq “Namangan-2 xizmat ko‘rsatish kolleji” binosida boʻlishi koʻzda tutilgan. Ushbu qarorda tuman hokimligida 20 ta shtat birligi tashkil etilishi aytib oʻtilgan
2021-yil 29-aprelda Jobir Abdullayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi
Dastlabki loyihada yangi tashkil etilayotgan tumanning umumiy yer maydoni 8223 gektarni tashkil etadi. Tarkibiga shahardagi 24 ta — “Mingterak”, “Bunyodkor”, “Mustaqillikning 5 yilligi”, “Axsikent”, “Mashrab”, “Ma’naviyat”, “Furqat”, “Guliston”, “Beruniy”, “Mingchinor”, “Tinchlik”, “Yoshlik”, “Oromgoh”, “Atangan guzar”, “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Sihatgoh”, “Go‘zal”, “Chamanzor”, “Ishonch”, “Sherbuloq”, “Kelajak tongi”, “Sohil” va “Istiqbol” mahallalari hududini o‘tkazish ko‘zda tutilgan
2023-yil 1-yanvardan boshlab Statistika agentligi maʼlumotlarida Yangi Namangan tumani demografiyasi, hududi, sanoat koʻrsatkichlari va boshqa statistik maʼlumotlari aks eta boshlagan. Statistika agentligiga koʻra, Yangi Namangan tumani hududi 60 km2ni tashkil etadi. Tuman hududida 28 ta mahalla mavjud. Bu yerda 157,6 ming kishi istiqomat qiladi.
Ma'lumot nomi | Ma'lumot |
---|---|
Tarkibida | Namangan shahar |
Asos solingan sanasi | 2021-yil 24-aprel |
Hokim | Jobir Abdullayev (tumanning birinchi hokimi) |
Rasmiy tillar | O'zbek |
Aholi soni (2023-yil 1-yanvar) | 157 600 kishi |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC - 5 |
Avtomobil kodi | 50 |