Investitsiya bo'limi ishonch raqami
Yangi Namangan KPP bo'limi
Yangi Namangan soliq bo'limi
2024 - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"
Yangi Namangan tumanida mebelchilik sohasi keng rivojlangan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Birgina ushbu yo‘nalishda hozirgi kunda 220 dan ortiq tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mebelchi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan, eshik va romlar, yotoqhona, mehmonxona va oshxona mebellari, stol stullar, yog‘och kravatlar Respublikamiz bozorlarida alohida o‘rin tutadi. Qolaversa yirik mebelchi tadbirkorlar “SARKOR-PREMUM”, “PRESTIJ” hamda “VODIY MEBEL BREND” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar qo‘shni davlatlar Rossiya, Qozog‘iston Qirg‘iziston va boshqa MDH davlatlari hamda Yevropa davlatlariga ham eksport qilinmoqda.
Ilg‘or tadbirkorlar o‘z mutaxasislarini mebelchilik rivojlangan Germaniya, Rossiya va Turkiya kabi davlatlarida malakalarini oshirib kelishlari natijasida o‘zimizninng milliyligimiz uyg‘unlashgan zamonaviy maxsulotlar ishlab chiqarilishiga zamin yaratmoqda.
Ushbu soha serdaromadligi bilan bir qatorda fuqarolarning ish bilan ta’minlanishida ham alohida o‘rin tutadi. Tumanda mebelchilik rivojlangan Sohil, Kejak tongi, Istiqbol mahallalari aholisining asosiy mehnat faoliyati va daromadini mebelchilik tashkil etadi.
Mebelchilik yo‘nalishi hozirda jadal rivojlanayotgan bo‘lib, tadbirkorlarning talablaridan kelib chiqqan holda tumanning “Soxil” mahallasi xudida joylashgan Respublikada yagona bo‘lgan Mebelchilikka ixtisoslashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasi tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori tasdiqlandi.
Mazkur KSZ 10 gektar yer maydoniga ega bo‘lib 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 437.3 mlrd so‘mlik mebelchilikka ixtisoslashgan 37 ta korxona tashkil etiladi. Ushbu loyixalar orqali 4 000 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.Tumanning “Bunyodkor” hamda “Mustaqillikning besh yilligi” mahallalari hududida yashovchi aholi qadimdan uzumchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Mahalla aholisi uzum yetishtirish bo‘yicha yetarli darajada ko‘nikmalarga ega hisoblanadi.
Muhtaram Prezidentimiz M.Mirziyoyevning “Maxallabay” ishlash tizimini joriy qiganlaridan so‘ng ushbu mahallalardagi har bir honadon o‘rganilib, mahallaning “drayveri” sifatida uzumchilik tanlab olindi. Hozirgi kunda mahallada 1 220 ta xonadon mavjud. Bularning qariyb 1 000 dan ortig‘ida 3 sotixdan 6 sotixgacha ekin maydoni bo‘lib, ushbu honadonlarga mahalliy va Marg‘ilondan uzum yetishtiruvchi bog‘bonlar tavsiyalari yordamida suritoklar o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Aholining talab va istaklaridan kelib chiqib, hamda “Temir daftar”dagi va mahallaning ishsiz aholisiga imtiyozli kredit asosida hamda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yordamida mablag‘lar yo‘naltirilib, 870 ta honadonlarga Suritok o‘rnatish hamda uzum ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari “Bunyodkor” mahallasida uzumchilik va bog‘dorchilikni o‘rgatadigan monomarkaz tashkil qilinib, maktab bitiruvchilari va mahalladagi ishsiz fuqarolar uzumchilikka ixtisoslashgan tayyor kadr bo‘lib yetishadi.
Hisob-kitoblarga qaraydigan bo‘lsak: 1 sotix maydonga uzumchilik tashkil etish uchun 2 mln. 500 ming so‘m mablag‘ sarflanadi. Bu degani bir honadonga o‘rtacha 7,5-10 mln. so‘mga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi yildan boshlab har bir honadon 900 kg dan uzum yetishtirib oladi va 18 mln. dan daromad qila boshlaydi. Shuningdek, yildan yilga hosildorlik ko‘payib borishini hisobga olsak 20 mln. so‘mdan 40 mln. so‘mgacha daromad keltiradi.
Bundan tashqari har bir honadonda kamida bir kishi uzumchilik faoliyati bilan band deb hisoblaydigan bo‘lsak, birgina Bunyodkor mahallasining sal kam 2 mingga yaqin aholisi doimiy ish bilan bandligi ta’minlanadi.
Joriy yilningb 6 oy yakuni bilan tumanda xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 117,4 foizni yoki 545,1 mlrd.so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga 3 482,9 ming so‘mga yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 114,5 foizga o‘sishiga erishildi. Tumanning xizmatlar sohasining rivojlanishida “Chortoq shimoliy aylanma yo‘li” alohida o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda ushbu hududda jami 526 ta xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida 7010 nafar fuqarolarni bandligi ta’minlangan, jumladan:
Bundan tashqari yil yakuniga qadar ushbu xududda 38 ta xizmat ko‘rsatish loyihalari foydalanishga topshirish orqali jami 400 dan ortiq aholini bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.